Surxondaryoda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 trln. 70 milliard soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi

16:06 10 Yanvar 2023 Jamiyat
653 0

Foto: Xalq so‘zi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Bu jarayonda asosiy eʼtibor fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, ijro samaradorligini yanada oshirishga qaratilmoqda. Shuning barobarida boshqarma saʼy-harakati bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, yaʼni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun oʻtgan yili 32 mlrd. 53 mln. soʻm mablagʻ mutanosib ravishda maxsus jamgʻarmalarga yoʻnaltirildi.

Bundan tashqari 2022-yilda 68 mlrd. 960 mln. soʻm aliment pullari undiruvchilar nomiga ochilgan bank plastik kartalari orqali toʻlanishi yoʻlga qoʻyildi. Voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 24 nafar qarzdorning undiruvchilariga 236 mln. soʻm pul mablagʻlari “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berildi. Boshqarma tomonidan mahalla idoralari va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari natijasida viloyatda 2 ming 34 ta oila yarashtirilgani ham eʼtirofga molik jihatdir.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektori Qobiljon Tursunovning taʼkidlashicha, oʻtgan yili iqtisodiy sudlarning hamda davlat soliq organlarining qarorlariga asosan jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 trln. 70 milliard 985 million soʻm soliq qarzdorligi undirildi.

Ilhom Rahmatov,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер