Surxondaryoda yuridik texnikum foydalanishga topshirildi
Soʻnggi yillarda mamlakatda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilgʻor va xalqaro taʻlim standartlarini joriy etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga hamda taʻlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash alohida eʻtibor qaratilmoqda.
Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida ilm dargohining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
600 oʻringa moʻljallangan mazkur taʻlim maskani davlat-xususiy sheriklik asosida kapital taʻmirlanib, barcha qulayliklarga ega boʻlgan jihozlar bilan taʻminlandi. Qolaversa, katta va yorugʻ sinf xonalari, IT klubi, “Yuridik klinika” markazi, sud amaliyoti zali, axborot resurs markazi, yigit va qizlar uchun alohida yotoqxonalar yoshlarimizning sifatli taʻlim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring