Surxondaryoda takroriy ekin hosilga kirdi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Shoʻrchi tumanida dehqonchilik qilish niyatida boʻlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarga gʻalladan boʻshagan yer maydonlari ajratib berilgan edi.
Tumanning Egarchi mahallasidan Guljahon Hasanova oʻzi uchun ajratib berilgan yer maydonining bir qismiga bulgʻor qalampiri, yana bir qismiga mosh ekkandi. Bugun bulgʻor qalampiri hosilga kirib, peshma-pesh bozorga yetkazilmoqda.

— Ajratilgan 20 sotixli yer ortidan oila aʼzolarimizning ham bandligi taʼminlandi, — deydi G.Hasanova. — Dehqonchilik ortidan roʻzgʻorimizga baraka kirdi. Birinchi ekinimiz daromad keltira boshladi. Undan 10-15 million soʻm sof daromad koʻzlayapmiz. Bundan tashqari, mosh ham ekkanmiz. Mosh kam suv talab qiladigan oʻsimlik. Bizga shunday imkoniyatlar yaratib berayotgan mutasaddilardan minnatdormiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring