Surxondaryoda shprist ishlab chiqarish zavodi ish boshladi

18:11 13 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1596 0

Tibbiyot xodimlari kuni bayrami arafasida bugun Muzrabot tumanida «Alpomish Servis Invest» xususiy korxonasi tomonidan tibbiyot sohasida ehtiyoj yuqori boʻlgan bir martalik shpristlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Yangi zavodning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Muzrabot tumani endilikda sanoati rivojlanayotgan hududlar qatoridan oʻrin olayotganligi, bunda mahalliy tadbirkorlarning ham munosib hissasi borligi, chekka tumanda shprist ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishi vohada tibbiyot sanoati ham rivojlanishga yuz tutayotganligidan dalolat ekanligini taʼkidladi.

Tadbirkor Hasan Panjiyev rahbarligidagi mazkur korxonada yiliga 200 ming dona shprist ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, loyihaning umumiy qiymati 48 mlrd. 150 mln. soʻmni tashkil etadi.

Korxonaning ishga tushishi natijasida 70 nafar mahalliy yoshlarning doimiy bandligi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер