Surxondaryoda qum boʻronlarining taʼsirini kamaytirish maqsadida 100 ming tup saksovul koʻchatlari ekilmoqda

13:50 28 Dekabr 2023 Jamiyat
784 0

Foto: Arxiv surat

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan “Kattaqum” choʻlida qum boʻronlari taʼsirini kamaytirish maqsadida saksovul ekish aksiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida viloyatning har bir hududida ming gektardan jami 15 ming gektar maydonga Qoraqalpogʻistondan keltirilgan 100 ming tup saksovul koʻchatlari va 80 tonna urugʻ sepilishi maqsad qilingan.

Taʼkidlash joizki, Surxondaryoning janubiy tumanlari — Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz, shuningdek, Termiz shahrida barcha fasllarda kuzatiladigan kuchli shamollar hamda chang hodisalari, asosan, shimol va gʻarb tomondan, jumladan, Eron, Turkmaniston va qoʻshni Afgʻoniston hududlaridan kirib keladi.

Mutaxassislarga koʻra, viloyatda yil davomida 151 kungacha shamol va chang toʻzonlari kuzatiladi. Natijada havo dim va chang boʻlib, qishloq xoʻjaligi, inson salomatligi va atrof-muhitning musaffoligiga jiddiy xavf tugʻdirmoqda.

Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbarining Surxondaryoga tashrifi davomida ushbu muammoga ham eʼtibor qaratilib, iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlarining oldini olish va chang-toʻzonning taʼsirini kamaytirish maqsadida choʻl zonalarida saksovulzorlarni kengaytirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgandi. Hozirda bu borada amaliy ishlar, “yashil kamar”lar tashkil etish loyihasi boshlab yuborilgan.

Maʼlumot uchun, “Yashil makon” loyihasining bahorgi koʻchat ekish mavsumida viloyatning choʻl va dasht hududidagi 3 ming gektar yer maydonida 100 ming tup saksovul koʻchatlarini ekilib, 15 tonna urugʻ sepilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер