Surxondaryoda qonuniylikni buzgan sud raisi lavozimidan ozod etildi

12:15 23 Yanvar 2022 Jamiyat
1237 0

Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayorova oʻz arizasiga asosan lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер