Surxondaryoda “Nexia” traktor bilan toʻqnashib ketdi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida “Nexia” rusumli avtomashinani traktor urib yubordi. Bu haqda viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 31-oktabr kuni 26 yoshli “Nexia” haydovchisi 23:45 atrofida tumanning Qiziljar mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda tunda otasi, onasi, xolasi va voyaga yetmagan bolalari bilan harakatlanib, belgilangan tezlikdan oshib ketgan.
Natijada, avtomobil 21 yoshli haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan haydovchi boshqarayotgan traktor pritsepiga borib urilgan.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida uning yonida oʻtirgan 26 yoshli fuqaroning otasi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan va avtomobilning orqa oʻrindigʻida boʻlgan yana ikki yoʻlovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring