Surxondaryoda hamshira farzandi koʻz oldida kaltaklandi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida vahshiylarcha kaltaklangani haqida videolavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Aniqlanishicha, Denov tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya boʻlimi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, joriy yil 18-oktyabr kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazgan.
Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Shu bilan birga kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sogʻligʻi mutaxassislar nazoratiga olingan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring