Surxondaryoda 13 yoshli haydovchining otasiga chora koʻrildi

11:54 24 Sentyabr 2024 Jamiyat
366 0

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Angor tumanida muntazam mashina boshqarib yurgan maktab oʻquvchisining otasiga chora koʻrildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Angor tumani Zartepa mahallasida yashovchi fuqarolar mahalla hududidan oʻtgan yoʻlda yosh bolaning “Labo” rusumli kichik yuk mashinasini boshqarib yurganiga bir necha marta guvoh boʻlgan.

Shundan soʻng ular mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga holat haqida xabar berib, ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etishni soʻragan.

Holat Angor tumani IIB YHXB xodimi tomonidan oʻrganilib, 7-sinf oʻquvchisi boʻlgan bola mashina boshqarib ketayotganida toʻxtatilgan. 13 yoshli boladan mashinani kim bergani soʻralganida, u otasi berganini aytgan.

Manbaga koʻra, holat bolaning otasi ishtirokida muhokama qilingan va unga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер