Surxondaryoda 13 bosh yovvoyi quyonni noqonuniy ovlagan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 13 bosh yovvoyi quyonni noqonuniy ovlaganlar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyati viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Reyd jarayonida Termiz tumani Uchkoʻl atrofidagi dasht hududida Toshkent shahri Shayxontohur tumani, “Olmazor” koʻchasida yashovchi fuqaro E.F. tomonidan 13 bosh yovvoyi quyon noqonuniy ravishda ovlangani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro ovni taqiqlangan usulda — tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilgan. Shuningdek, ov jarayonida foydalanilgan, fuqaro E.F.ga tegishli boʻlgan 3 dona ov miltigʻi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilib, viloyat IIBga topshirilgan.
Bildirilishicha, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring