Surxondaryoda 16 yoshli yigit opasini urib oʻldirdi

22:59 13 Avgust 2024 Jamiyat
534 0

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit opasini urib oʻldirdi. 

Ma'lum bo'lishicha, Muzrabot tuman IIB navbatchilik qismining joriy yil 11-avgust kuni yuqoridagi faktlar boʻyicha xabar kelib tushgan. Unga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan yigit “yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi” vaji bilan 2006-yilda tugʻilgan opasining boshiga va tanasining turli joylariga tayoq va metall jism bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda qiz voqea joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 11-avgust kuni Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер