Surxandaryoda 3 ta avtomobil toʻqnashuvi oqibatida haydovchi halok boʻlgan
Surxandaryo YHXB
Surxondaryoning Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning 2-yanvar kuni soat 23:20 larda Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasi hududidan oʻtgan 4H-1583 avtomobil yoʻlining 1-kmsida Nexia, shu yoʻnalishda harakat qilib kelayotgan Spark avtomobiliga borib urilgan. Zarb oqibatida Spark qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketib, Gentra bilan toʻqnashgan. Nexia esa boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi ariqqa tushib, agʻdarilgan.
Oqibatda Nexia haydovchisi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etdi.
Voqea sababi oʻrganilganda haydovchi tezlikni meʼyoridan oshirib harakatlangani, oraliq masofani saqlamagani va yoʻlning tegishli qismi sunʼiy yoritilmagani aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring