Sunʼiy intellekt sohasida chiqarilgan hujjatlar soni boʻyicha Eron yetakchilik qilmoqda

20:57 03 Mart 2024 Dunyo
358 0

Eron islom mamlakatlari orasida sunʼiy intellekt (AI) sohasida chiqarilgan hujjatlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. Bu haqda “BRICS TV” tarmogʻi hamkori “Tehran Times Web of Science” portali maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

2013-2022-yillarda mamlakat hukumati sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha 2638ta hujjat chiqargan. Saudiya Arabistoni (2465) va Turkiya (2303) mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egalladi.

Sunʼiy intellekt texnologiyasi dunyosida Eron 14 oʻrinni egalladi. Hisobotga koʻra, respublika islom mamlakatlari orasida “3D” chop etish va robototexnika boʻyicha ikkinchi, Interneti boʻyicha toʻrtinchi, “5G” va katta maʼlumotlar boʻyicha beshinchi, dron texnologiyasi boʻyicha yettinchi, blokcheyn boʻyicha sakkizinchi oʻrinlarni egallagan.

Oxirgi 5-yil ichida sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy ishlanmalar soni uch barobardan ziyod oshdi.

Sunʼiy intellekt sohasidagi ixtirolarning aksariyati Tehron universiteti, Tabriz universiteti va Amir Kabir texnologiya universiteti bilan bogʻliq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер