Sunʼiy intellekt sizning joylashuvingizni fotosuratlardan aniqlay oladi
Stenford talabalari neyrotarmoqni “Google Street View”dan olingan atigi 500.000га yaqin koʻcha tasvirlari asosida oʻrgatishgan boʻlsada (aslida bu juda kam), natijalar hayratlanarli boʻldi.
“GeoGuessr” oʻyinida “PIGEON” neyrotarmogʻi odamdan koʻra yaxshiroq natija koʻrsatdi — u 95% hollarda mamlakatni toʻgʻri taxmin qilgan, joylashuvni aniqlashda esa maksimal 40 km masofaga adashgan. U hatto bir necha raundda “GeoGuessr”ning eng yaxshi oʻyinchisini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
Uni ishlab chiqqan talabalar, kompaniyalar ushbu neyrotarmoqdan sizni qayerga sayohat qilganingizni aniqlashlari, shuningdek, insonni taʼqib qilish kabi notoʻgʻri yoʻllarda foydalanishlari mumkinligidan xavotirdalar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring