Sunʼiy intellekt akusherlik va ginekologiya boʻyicha sinov imtihonida odamlardan yaxshiroq natija koʻrsatdi

18:25 07 Iyul 2023 Dunyo
950 0

Boʻlajak mutaxassislar uchun oʻtkazilgan akusherlik va ginekologiya boʻyicha sinov imtihonida ChatGTP sunʼiy intellektga ega chatbot qoʻshimcha tayyorgarliksiz qatnashgan ishtirokchilarga qaraganda yaxshiroq natija koʻrsatdi. Ushbu tajriba tadqiqotning bir qismi sifatida tashkil etilgan boʻlib, uning maqsadi sunʼiy intellekt boʻlajak shifokorlar uchun imtihon topshiriqlarini qanday bajarishini aniqlash edi. 

ChatGTP bemor bilan muloqot qilishda hamdardlik koʻrsatish, anamnez maʼlumotlarini yigʻish va klinik maʼlumotlarga asoslangan holda fikr yuritish kabi jihatlar boʻyicha yuqori ball oldi. Tadqiqot American Journal of Obstetrics and Gynecology jurnalida chop etildi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, chatbot tomonidan toʻplangan oʻrtacha ball 77,2 foizni tashkil etgan boʻlsa, odamlar oʻrtacha 73,7 foizni olishga muvaffaq boʻlishdi. Shuningdek, sunʼiy intellekt har bir topshiriqni oʻrtacha 2 daqiqa 54 soniyada bajargan. Biroq, topshiriqlarni bajarish uchun rekord vaqtga qaramay, ChatGTP baʼzi savollarga javob berishda ishtirokchilardan oʻta olmadi. Maksimal xolislikni taʼminlash uchun barcha imtihon topshiruvchilarning javoblari anonim ravishda imtihon komissiyasiga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер