Suhbatga muhtoj chehralar
Ostonasiga qadam qoʻyarkansiz, birdan badaningizda chumoli oʻrmalagandek boʻladi. Yoʻq bu nuroniylarga emas... shu ahvolda qoldirgan farzandlar,yaqinlariga savollaringiz koʻpaygandan koʻpayaveradi. Odamlar suhbatiga muhtoj bu chehralarni kuzatib, oʻzingizga men farzandlarimni qanday tarbiyalayapman, deya savol berasiz, beraverasiz...

Fargʻona shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari 8-mart ayollarimiz bayrami munosabati bilan ularni tabriklash,koʻngillarini koʻtarish, shirin suhbat qurish maqsadida “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida boʻlishdi. 52 nafar keksa va nogironligi boʻlgan onaxonlarni bayram bilan tabriklab ularga sovgʻalar ulashdi.

Taʼkidlash joizki, ayollarimiz, munis opa-singillarimiz qayerda, qanday ahvolda boʻlishmasin, baribir ular munis va moʻtabarligicha qolaverishadi. Onalarimiz uchun har kunimiz 8-mart boʻlaversin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring