Sugʻurtasi yoʻqligi uchun avtoransport vositasini jarima maydoniga qoʻyish amaliyoti bekor qilinadimi? — deputatlar muhokamasi

17:52 17 Avgust 2020 Siyosat
1250 0

Yaqinda “Mening fikrim” veb-portalida “Avtotransport vositasining sugʻurtasi yoʻqligi yoki texnik koʻrikdan oʻtmaganligi tufayli jarima maydoniga qoʻyish amaliyotini bekor qilish haqida”gi taklif 10 000dan ortiq ovoz olgan edi.

Ushbu taklif Nizomga muvofiq Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oshirish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasida transport vositalari egalarining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi soʻragan vaqtida yonida boʻlmaganligi) uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Oʻrganishlar xorijiy davlatlarda xususan Germaniya, Angliya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, AQSHning bir qator shtatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislari boʻlmasa, maʼmuriy jarimalar belgilangan boʻlib, biroq transport vositasini ushlab turish koʻrsatilmaganligini koʻrsatmoqda.

Qonun loyihasi tez orada Qonunchilik palatasining yalpi majlisida koʻrib chiqiladi.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер