Sudyalar oliy kengashi IOJT aʼzoligiga qabul qilindi

19:55 03 Noyabr 2022 Siyosat
1146 0

Foto: Illustrativ foto

Kanadaning Ottava shahrida Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkilotining (IOJT) navbatdagi konferensiyasida Sudyalar oliy kengashi ushbu xalqaro tashkilot aʼzoligiga qabul qilindi.

Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkiloti (IOJT) 2002-yilda butun dunyo boʻylab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

Ayni paytda 77 mamlakatning 125 ta sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga macʼul tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari mazkur xalqaro tashkilot aʼzolari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер