Sudyalar odobi va masʼuliyati qanday boʻlishi kerak?

09:44 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
1226 0

Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi

Fargʻona viloyat sudida sudyalar, sud tizimi xodimlari hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan “Sudya maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida nashr etilgan. Unda yangi jamiyatning sudyasi qanday maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlishi zarurligi, uning maʼrifiy qarashlari, odobi, davlat va jamiyat oldidagi masʼuliyatiga doir mezonlar tarixiy voqeliklar hamda bugungi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.

– Yangi Oʻzbekistonda roʻy berayotgan tarixiy burilish pallasida adolatni qaror toptirishga qodir boʻlgan sudyalarning maʼnaviy barkamolligiga koʻmaklashish mazkur kitobni chop etishdan koʻzlangan asosiy maqsad hisoblanadi, - deydi Fargʻona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolov. Uni mutolaa qilish orqali sudyalarimiz tafakkuri va kasbiy malakasi yanada mustahkamlanishi shubhasiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер