Sudyalar odobi kodeksi nashr etildi

11:08 17 Iyul 2022 Jamiyat
2675 0

Sudyalar odobi kodeksi nashrdan chiqdi. Mazkur kodeks Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2018-yilning 29 yanavrida tasdiqlangan boʻlib, oʻtgan yilning 19-noyabrida unga oʻzgartishlar kiritilgan. 

“Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi nashr etgan ushbu toʻplam kodeksning toʻliq shakli hisoblanib, u oʻzbek (krill va lotin alifbosida) va rus tilida chop etildi.

Maʼlumki, Sudyalar odobi kodeksi har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy boʻlgan, yuksak odob-axloq talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga, odil sudlov va sudyalar odob-axloqi sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер