Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yanada mustahkamlanadi

11:25 02 Fevral 2024 Siyosat
217 0

Joriy yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik hamda oʻzaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani, Davlatlarimiz Rahbarlari koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab bergani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida barcha sohada ijobiy oʻsish dinamikasi kuzatilmoqda.

Xususan, oʻtgan 7-yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengayyapti.

Uchrashuvda kun tartibidagi ushbu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер