Stiker yoʻlovchi tashish uchun berilmagan

14:58 26 Aprel 2020 Jamiyat
1223 0

Joriy yilning 26-aprel kuni soat 10:00lar atrofida Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh koʻchasida joylashgan karantin nazorat postida viloyat IIB YHXB hamda SEN xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida haydovchi M.Abdullayev boshqaruvidagi “Damas“ rusumli transport vositasi toʻxtatilib tekshirilgan vaqtda avtomashinaga berilgan maxsus ruxsatnoma orqali haydovchi karantin qoidalarini buzgan holda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan. Haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 54-moddasiga koʻra SEN xodimi tomonidan bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasiga berilgan ruxsatnomadan maqsadli, karantin qoidalarini buzmagan holda foydalanishingizni soʻrab qolamiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер