SSV: Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli darajada

12:37 16 Mart 2020 Jamiyat
891 0

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida zarur choralar koʻrilmoqda. Jumladan, epidemiologik surishtiruv hamda kasallik tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda.

– Hozirga qadar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 6 nafar bemor klinikamizda yotqizilgan. Ular Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda, – deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev. – Bemorlar shifokorlar tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan. Umumiy ahvoli doimiy kuzatuvga olingan. Ayni paytda bemorlarimizning ahvoli qoniqarli.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, tibbiyot muassasalari zarur dori-darmon vositalari hamda mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlangan.Shu bois aholidan vahimaga berilmasdan, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер