SSV ayiq qafasidan omon qolgan qizaloq shifoxonadan uyiga qaytarilganini xabar berdi

18:32 21 Fevral 2022 Jamiyat
702 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu yilning 28-yanvarida hayvonot bogʻida ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizaloqning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Barcha tibbiy koʻriklar ijobiy natija koʻrsatgani va bolaning ruhiy holati meʼyorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berilgan. Qizaloq hozircha buvisining qaramogʻida boʻladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoshga toʻlguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan masʼul etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер