“SpaceX” AQSH razvedkasi uchun aygʻoqchi sunʼiy yoʻldoshlar tarmogʻini yaratadi

16:28 18 Mart 2024 Dunyo
1270 0

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sunʼiy yoʻldoshlari tarmogʻini yaratmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbalarning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2021-yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolangan 1,8 mlrd, AQSH dollarlik shartnoma boʻyicha, “Starshield” tarmogʻini yaratish uchun masʼul etib belgilangan.

“Reuters” AQSH Mudofaa vazirligi quruqlikdagi kuchlarni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan past orbitali sunʼiy yoʻldosh tizimlariga katta sarmoya kiritganini daʼvo qilmoqda.

Agentlik suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, agar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, “SpaceX” tarmogʻi AQSH Qurolli Kuchlarining Yerning deyarli istalgan nuqtasida potensial nishonlarni tezda aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер