Sovuqda niqob taqish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin — mutaxassis

13:35 11 Dekabr 2020 Dunyo
1282 0

Fotо: Getty Images

Zarurat boʻlmasa sovuqda niqob taqish shart emas. Chunki bunday ob-havo sharoitida niqoblar tezda namlanadi va muzlaydi.

Moskva shahar OITSning oldini olish va unga qarshi kurash markazi ilmiy-klinik tadqiqotlar boʻlimi vrach-infeksionisti Yelena Belova maʼlum qildi.

“Niqob — sovuqda isitmaydi. Shu bois hech kim yoʻq joyda yurgan boʻlsangiz, niqobingizni yechib oling. Bu borada bir narsani tushunish kerak, nafas olayotganimizda va gaplashayotganimizda, niqobning narigi tomonida, yaʼni yuzga tutashgan qismida namlik paydo boʻladi”, - deydi Belova.

Uning qoʻshimcha qilishicha, mutaxassislar boshidanoq aholiga himoya vositalaridan foydalanishni oʻrgatishda agar niqob nam boʻlsa, uni yechish va tashlab yuborish kerakligiga eʼtibor qaratmagan.

“Niqobni faqat odamlar gavjum joylarda, masalan, avtobus bekatlarida taqqan maʼqul”, deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер