S.Ortiqova: “Halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak”

11:09 21 Fevral 2020 Jamiyat
1091 0

Kecha XPK Davlat dasturiga bagʻishlangan sessiyalarini davom ettirdi. Unda Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Ortiqova ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:

— Shaxsan ayta olaman, prokurorlarning 90 foizining muomalasi yaxshi. Ishingiz tushib borganingizdan, ketguningizgacha qoʻli koʻksida xizmatingizda turadi. Toʻgʻri, 10 foiz prokurorlar borki, butun soha imijiga salbiy taʼsir qilmoqda.

…Halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak. Chunki korrupsiya holati qachon vujudga keladi, qachonki davlat byudjeti bilan munosabatga kirishish jarayonida aniqlanadi.

…Eski tartibga koʻra Prokurorlar fuqarolardan shikoyat arizasi boʻlmasa ham jinoyat ishini oʻrganishda ishtirok etadi.

Biroq davlat rahbari Murojaatnomada prokurorlar va advokatlar endi faqat fuqarodan shikoyat arizasi boʻlsagina jarayonga aralashishi mumkin boʻlishi haqidagi qonuniy hujjatni ishlab chiqish masalasini taklif qildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер