Soʻrovnoma: “Oila oʻzbekistonliklar uchun noyob va almashtirib boʻlmaydigan qadriyatdir”
15-may — Xalqaro oila kuni arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi “Oʻzbekistonliklar oila toʻgʻrisida: tasavvurlar va ustuvorliklar” mavzusida telefon soʻrovini oʻtkazdi.
Oʻzbekistonliklarning zamonaviy oila, uning ijtimoiy institut sifatidagi roli haqidagi fikrini aniqlash ushbu soʻrovnomaning maqsadi boʻldi.
Oʻtkazilgan jamoatchilik fikri soʻrovi natijalari oila oʻzbekistonliklar uchun noyob va almashtirib boʻlmaydigan qadriyat hisoblanishi, fuqarolar oʻz hayotlarini oila, mehr-muhabbat, bolalar, nikoh va oilaviy munosabatlarsiz tasavvur qila olmasliklari haqidagi ishonchni tasdiqlaydi.
Jamoatchilik fikriga koʻra, oila Oʻzbekiston fuqarolarining asosiy hayotiy qadriyati, jamiyatning axloqiy poydevori, maʼnaviyat oʻchogʻi, milliy anʼana va urf-odatlarning muhofizi va munosib avlodni tarbiyalash va ijtimoiy tajribani oʻtkazishni taʼminlaydigan eng muhim ijtimoiy institut boʻlib qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring