Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqdi

13:21 15 Oktyabr 2020 Siyosat
1006 0

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

U qirgʻiz xalqiga murojaat qilib, mamlakat yaxlitligi barcha narsadan ustunligini taʼkidladi.

“Aziz vatandoshlarim! Men uchun Qirgʻizistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimizning hayotidan azizroq narsa yoʻq.

Men Qirgʻiziston tarixida qon toʻkib, oʻz fuqarolariga oʻq uzgan prezident sifatida qolishni istamayman.

Shu sababli isteʼfoga chiqishga qaror qildim», deyiladi Jeenbekov murojaatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер