Soʻnggi 9 oyda Biznes-ombudsmanga tadbirkorlardan 7 629 ta murojaat kelib tushgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Biznes-ombudsman devoni sektor mudiri Guljamol Shukurova maʼlum qildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida Biznes-ombudsmanga jami 7 629 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 3 356 ta (44 foiz) tadbirkorning huquqlari tiklandi, qolgan murojaatlar boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Murojaatlarning eng koʻpi — 17 foizi soliqqa oid.
Qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor va masʼul shaxslarning 74 nafariga intizomiy jazo (Taqdimnoma natijasi) choralari qoʻllanilgan.
Davlat organlarining 1 305 nafar mansabdor va masʼul shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va 1,5 mlrd soʻm jarima qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring