Soʻnggi 6 oyda havo transporti orqali qariyb 4 million yoʻlovchi tashilgan
Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yilning yanvar-iyun oylarida havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni boʻyicha maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 3 million 952 ming nafarni tashkil etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 866,6 ming yoʻlovchiga yoki 28,1 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring