Soʻnggi 5 yilda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qanchaga koʻpaygan?
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etgan.
2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.
Soʻnggi yillarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni:
— 2018-yilda – 7 371 ta;
— 2019-yilda – 10 229 ta;
— 2020-yilda – 11 620 ta;
— 2021-yilda – 13 108 ta;
— 2022-yilda – 15 497 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring