Sonda boru sanoqda yoʻq...

17:33 17 Yanvar 2024 Jamiyat
426 0

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan respublikamizga noqonuniy tovarlarning kirib kelishi bilan bogʻliq xatti-harakatlarga oʻz vaqtida barham berib kelinmoqda. Misol uchun, kuni kecha “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan 3 ta yuk avtomobillari hujjatlarda koʻrsatilmagan mollarni mamlakatimiz hududiga yashirincha olib kirishga urinayotganlarida qoʻlga olindi.

— Qirgʻizistondan olib kelinayotgan 12 turdagi matolarning umumiy qiymati 3 mlrd. 168 mln. soʻmni tashkil etadi, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi inspektori Sardorbek Oʻrinboyev. — Tovar moddiy boyliklari qayerdan va qaysi manzilga olib kelinayotganligiga hozirda davom etayotgan surishtiruv mobaynida aniqlik kiritiladi.

Noqonuniy ish — keltirar tashvish, degan naql bor xalqimizda. Qonunbuzarlik sodir etishga uringan tadbirkorning xatti-harakatlari ham munosib baholanishi, shubhasiz.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер