Soliq toʻlovchilarning QQS uzilishi koeffitsiyenti 2 barobarga kamaydi

11:09 04 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
1602 0

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Yil boshida soliq uzilish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 0,37ni tashkil etgan edi. Joriy yilning 11 oyi davomida 51 365 ta tashkilotda soliq uzilishining bartaraf etilishi natijasida koeffitsiyent 0,19 ga tushdi.

Bugungi kunda QQS uzilish koeffitsiyenti:

60 196 ta (39 %) korxonada 0,40 gacha;

12 638 ta (8 %) korxonada 0,41 dan 0,60 gacha;

79 699 ta (53 %) korxonada 0,61 dan 1,00 gacha.

Eslatib oʻtamiz, QQS uzilish koeffitsiyenti soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar kontragentlarini tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik  qilishi uchun joriy qilingan. 

Soliq uzilish koeffitsiyenti soliq toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida maʼlumot tariqasida aks etadi va QQS guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilishiga va hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilishiga olib kelmaydi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер