Soydan 70 yoshli erkakning murdasi topilgan — Bosh prokuratura
2022-yil 10-yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib oʻtuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning murdasi topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumning oʻlimiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat taʼsirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring