Sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish oʻrinlari ham koʻpaymaydi — Prezident
Prezident raisligida toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Koʻrib turibsizlar, sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish oʻrinlari ham koʻpaymaydi.
Bu borada yagona toʻgʻri yoʻlimiz – mavjud xom ashyoni toʻliq qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va anʼanaviy “arzon” bozorlardan – yangi, “qimmat” bozorlarga kirib borish,
— dedi Prezident yigʻilishda.
Soʻng davlatimiz rahbari tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring