


Tadbirda taʼkidlanishicha, bachadon boʻyni saratoni tarqalishiga koʻra jahonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida toʻrtinchi oʻrinda turadi. Dunyoda boʻlgani kabi, mamlakatimizda ham bachadon boʻyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida tarqalishi boʻyicha koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinda turadigan. Kasalliklardanoʻlim koʻrsatkichi boʻyicha esa, ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollaroʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tugʻish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida esa ikkinchi oʻrinni egallaydi. JSST maʼlumotlariga koʻra, har yili yurtimizda 1660 nafar ayol bachadon boʻyni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Shu bois butun dunyoda ushbu kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Yurtimizda 2017-yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu boradamilliy reja tasdiqlangan. U oʻz ichiga bachadon boʻyni saratonini davolash, palliativ yordam koʻrsatish bilan birga,OPVga qarshi emlash, bachadon boʻyni saratonini skrining qilish kabi birlamchi profilaktik tadbirlarni qamrab oladi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni paytda OPVga qarshi rejali emlash dunyoning 92 ta davlatida, ular orasida JSST Yevropa mintaqasidagi 36 mamlakatida ham qoʻllanib kelinmoqda. Bachadon boʻyni saratoni oldi jarayonlarini kamaytirishdagi emlashning yuqori samarasi klinik sinovlar davrida, shuningdek, bu vaksina koʻp yillardan beri qoʻllanib kelinayotgan davlatlar (AQSH, Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya) misolida koʻringan.

Anjumanda, shuningdek milliy va xalqaro ekspertlarbachadon boʻyni saratonining oldini olish va davolash boʻyicha oxirgi tadqiqotlar, OPVga qarshi vaksinani joriy qilishdagi boshqa davlatlarning tajribalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdilar.
Sogʻliqni saqlash vazirligining
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring