“Soʻgʻdiyona” jamoasi Ivan Boshkovichni isteʼfoga chiqardi
“Soʻgʻdiyona” jamoasi murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berdi. Jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich qoniqarsiz natijalar sababli isteʼfoga chiqarildi.
Uning oʻrniga esa jamoaga Ulugʻbek Baqoyev bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Jamoamizga yaxshi tanish boʻlgan, tajribali mutaxassis Ulugʻbek Baqoyev bilan kelishuvga erishildi. U ilgari ham jamoamiz natijalariga munosib hissa qoʻshgan va oʻzining professional yondashuvi bilan ajralib turadi.
Ulugʻbek Baqoyevga jamoamizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va omad tilaymiz», — deyiladi klub bayonotida.
Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Baqoyev 2019–2021-yillarda ham “Soʻgʻdiyona” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Uning boshqaruvi davrida Jizzax klubi Oʻzbekiston Superligasida vitse-chempion boʻlgan va OFK kubogi musobaqasining yarim final bosqichiga qadar yetib borishni uddalagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring