Sogʻayganlardan kasallikni yuqtirganlar koʻp. Bugun Oʻzbekistonning qaysi hududlarida koronavirusni yuqtirganlar qayd etildi?

23:50 20 May 2020 Jamiyat
2076 0

Foto: SSV

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bugun — 20-may kuni mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 84 nafarga koʻpaydi. Bu kechagi kungi statistikadan 20 nafarga koʻpdir. Shu tariqda infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 nafarga yetdi.

Bugun kun davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3, Navoiy viloyatida 17, Samarqand viloyatida 10 va Toshkent shahrida 54 ta yangi kasallanish holati qayd etildi.

Kun davomida kasallikdan jami 34 kishi yana tuzalgan va bu koʻrsatkich 2372 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Kecha bu koʻrsatkich 82 foizga teng edi.

Yana bir eʼtiborga molik jihati, bugun Surxondaryo viloyatidagi koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan davolanayotgan oxirgi bemor ham tuzaldi. Ayni paytda Buxoro va Xorazm viloyatlari davolanish koʻrsatkichlarini 99 foizga yetib, koronavirusdan xoli hudud boʻlishga yaqin turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер