Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi

16:39 07 Mart 2025 Jamiyat
221 0

Davlatimiz rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuraturaning Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi xodimlari tomonidan “O‘zbekgidroenegro” va “O‘ztransgaz” AJlarda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xodimlar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishni oldini olish, bu turdagi g‘ayriijtimoiy qilmishlarni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, komplayens-nazorat xizmatining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер