Sodiq Safoyev: Agar biz choralarni oʻz vaqtida koʻrmasak, ikkinchi jahon urushidan ham koʻproq zarar koʻrishimiz mumkin

16:56 05 Aprel 2020 Siyosat
1189 0

Bugun XPKning navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda karantin davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqqa murojaatida belgilangan eng muhim vazifalar muhokama etildi.

Va “Karantin davrida Oliy Majlis Senati faoliyati qanday tashkil qilingan?“, “Pandemiya va karantinning uchta oltin qoidasi nima?“ kabi savollarga javob berildi.

Unda Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:

— Darhaqiqat, bugun muammo haqida qancha gapirsak ham koʻp boʻlmaydi. Vaziyat jiddiy. Nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda vaziyat juda ogʻir.

...Koronavirus bilan kurash bu hazilakam gap emas. Kurashimiz jiddiy boʻlishi kerak.

Hukumat barcha vazifalarni qilmoqda. Shunday bir ogʻir vaziyatda Davlatimiz rahbari oʻktamlik va jasorat bilan qarorlar qabul qilmoqda.

...Agar biz choralarni oʻz vaqtida koʻrmasak, ikkinchi jahon urushidan ham koʻproq zarar koʻrishimiz mumkin.

...Oʻzbekiston hukumati koronavirus uchun ajratgan mablagʻ ayrim boy davlatlarning koronavirusga qarshi kurashga yoʻnaltirgan pulidan ikki, uch barobar koʻp boʻlsa koʻpki, aslo kam emas.

Hukumat koronavirusga qarshi barcha choralarni koʻzda tutgan va maksimal darajada harakat qilmoqda.

...6500 nafar mahalliy kengash deputatlari, senatorlarga qarab shu narsani aytmoqchi boʻlyapmanki, bugun siz befarq boʻlmanglar. Majlis oʻtkazmang. Balki bugungi kunda sizni saylagan saylovchilaringiz ahvolidan xabardor boʻling.

...Karantin davrida uyda oʻtirish, bu navbatdagi taʼtil emas. Balki, uydan turib ishlash imkoniyatidir.

...Markaziy Osiyodagi vaziyat shundayki, qoʻshnilar tinch boʻlmasa bu Oʻzbekistonga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Chunki, davlatlar oʻrtasida qoʻshnilik va qarindoshchilik munosabatlari bor.

...Xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistonga koronavirus uchun kurashda yordam bermoqda.

...Boʻsh vaqt — bu shaxsiy rivojlanish uchun juda munosib bir imkoniyatdir.

...Har qanday inqiroz bu keyingi rivojlanish uchun bir imkon.

...Ayni vaqtda har bir senator, deputat va mahalliy kengashlar, bugun nima qilaman va ertaga nima qilish kerak deb oʻylashi darkor.

Senatorlar va deputatalar, sizni saylagan insonlar oldida masʼuliyatingiz ulkan ekanligini his qilishingiz lozim.

...Tadbirkorlar va ishbilarmonlarga murojaat qilmoqchimanki, xar qanday inqiroz bu yangi rivojning zamiridir. Kelajakda qayta tiklanish uchun yangi gʻoyalarni oʻylashingiz kerak. Chunki, ertaga jahon bozorida vaziyat oʻzgaradi, yangi talablar boʻladi.

Hukumatimiz tomonidan soliq va kredit qarzlari borasida yordam berilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak.

Ishonamanki, bugungi inqiroz, ertaga rivojlanishingiz uchun zamir boʻladi.

... Fuqarolarimizga shuni aytmoqchimanki, bugun biz dadil boʻlishimiz kerak. Bilishimiz kerakki, yurtimiz bu sinovlardan, albatta, oʻtadi.

Buning uchun biz, intizomga rioya qilib, andishani chetga surgan holda oila aʼzolarimiz va mahallamiz uchun talabchanlikni ilgari surishimiz kerak. Biz bu inqirozdan albatta oʻtamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер