Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri tuman hokimligiga tayinlandi

12:33 28 Yanvar 2019 Siyosat
4355 0

Foto: Xalqaro press-klub

Qishloq xoʻjaligining endilikda sobiq vaziri Bahodir Yusupov Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi. “Xalq soʻzi” manbasining xabar berishicha, Yusupov Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yangi lavozimga qoʻyilgan. Sessiyada Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov soʻzga chiqdi.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Javlonbek Nabijonovich Yoʻldoshev oʻz vazifasidan ozod etildi. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri Bahodir Tursunovich Yusupov viloyat hokimining qaroriga koʻra, Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Jamshid Xoʻjayev Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Yusupov bundan avval ham Kosonsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan.

U qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimini egallashidan avval Oʻzbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер