Sobiq MXX binosini buzish boshlandi
2021-yil iyunda “Metropol Group” MCHJ egasi Doniyor Komilov (sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning oʻgʻli) Toshkent markazidagi Sayilgoh koʻchasida joylashgan ushbu binoni 210 mlrd. soʻmga sotib olgandi.
Mazkur bino oʻrnida mehmonxona quriladi. Radisson Collection Group kompaniyasi “Metropol Group” MCHJ bilan 164 oʻrinli mehmonxonani ochish boʻyicha bitim imzolagan. 22 qavatli mehmonxona 2026-yilda ochilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring