Sobiq mahkum nimadan norozi edi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga sobiq mahkum V.M. uy-joy bilan taʼminlanishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.
Murojaat nazoratga olinib, shu yilning 4-aprel kuni joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganishda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari ham ishtirok etishdi.
Aniqlanishicha, sobiq mahkum V.M. 2019-yil may oyida jazo muddatini oʻtab ozodlikka chiqqan va tuman hokimligining Ijtimoiy moslashtirish boʻlimi tomonidan vaqtincha foydalanish uchun uy berilgan. Uy-joy 6 oy muddatga berilgan boʻlishiga qaramay, shu kungacha fuqaro V.M.ning iltimoslariga binoan, bir necha marotaba uzaytirib berilgan.
Oʻrganish davomida murojaatchi istiqomat qilib kelayotgan uy buzilishga tushganligi ham aniqlangan.
Fuqaro v.S. murojaatida koʻrsatgan manzilga borilganda fuqaro istiqomat qilib kelayotgan uy avariyaviy holatda ekanligi maʼlum boʻldi.
Oʻrganish natijasida Toshkent shahar hokimi nomiga fuqaro V.M.ga davlat uy-joy fondidagi turar joylardan biri taqdim etilishi boʻyicha soʻrov xati yuborildi.
Ombudsmanga taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, hozirda murojaatchi V.M.ga vaqtincha foydalanish uchun 1 yilga boshqa turar joy ajratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring