“Snayper Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi
9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida bepul kinolar namoyishi davom etmoqda.
2025-yil 10-may kuni “Snayper Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Unutilmas qahramonlar” turkumi doirasida suratga olingan.
“Snayper Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmida Ikkinchi Jahon urushi boshlangan vaqtda qahramonimiz o‘z xohishiga ko‘ra frontga otlangani, avvaliga hamshira so‘ng razvedka va nihoyat merganlik kasbini o‘zlashtirib, qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbek qizi haqida so‘z boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring