Sloveniya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi

12:14 06 Iyul 2023 Iqtisodiyot
661 0

Foto: Arxiv surat

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–213-son, 05.07.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Sloveniya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер