Siz kimni chalgʻitmoqchisiz?
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahridagi bozorlarda soqol va hijob uchun kurash boshlanganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, bunday axborotlar asossiz va uydirmalardan iborat boʻlib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Xususan, “Qoʻqon savdo kompleksi” (xalq tilida Salang bozori)da hijob savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning doʻkonlari muhrlanayotgani yoʻq. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida mutasaddi tashkilot xodimlari shahardagi bozorlarda oʻrganish ishlarini olib borishdi. Har bir doʻkonda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar bilan birma bir suhbat oʻtkazildi. Shuni narsa maʼlum boʻldiki, tadbirkorlarning faoliyatiga hech bir davlat tashkiloti yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashmagan. Sotuvchilarning hijob va soqol bilan savdoga chiqmasligi haqida hech qanday ogohlantirish yoki birorta gap –soʻz boʻlmagan. Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ham birorta doʻkon muhrlanmagan, hijobli ayolning bosh manikeni, soqolli manikenlardan foydalanish taqiqlanganlik holati oʻz tasdigʻini topmadi. Manekenlar tadbirkorlarning oʻz mahsulotini reklama qilib sotish uchun moʻljallangan shaxsiy mulkidir. Tadbirkorlar oʻz mulkidan qonunga zid boʻlmagan har qanday maqsadda foydalanish huquqiga egadirlar. Bozordagi savdogarlar oʻz mahsulotlarini emin -erkin sotib kelishmoqda. Oʻrganishlar jarayonida doʻkonlardagi savdogarlar xar kungi faoliyatlarini davom ettirishmoqda edi.
Odamlarni bunday xabarlar bilan chalgʻitishdan maqsad nima oʻzi? Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlarda oʻz tasdigʻini topmagan maʼlumotlar asosida yolgʻon xabarlarni tarqatib, bu orqali fuqarolar orasida turli xildagi norozilik kayfiyatini uygʻotishga harakat qilayotgan baʼzi internet saytlarining mutasaddilariga jurnalistika qonun qoidalariga toʻlaqonli rioya qilib xabar tarqatishlarini soʻrab qolardik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring