Siril Myullerni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimiz iqtisodiyotida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish va ustuvor tarmoqlardagi modernizatsiya dasturlarini roʻyobga chiqarishda strategik sherik hisoblangan Jahon banki guruhi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi koʻp qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va har tomonlama mustahkamlashga, bank-moliya, soliq-byudjet, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi tub oʻzgarishlar jarayoniga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi, shuningdek, yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini roʻyobga chiqarish borasidagi amaliy koʻmagi, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish yoʻlidagi ulkan saʼy-harakatlari hamda Markaziy Osiyoda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2020-yil 20-aprel
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring