Sirdayorda gaz quvurida sodir boʻlgan portlash bilan bogʻliq hodisaga izoh berildi

14:23 26 Avgust 2019 Jamiyat
1557 0

Kecha 25-avgust kuni soat 9:45 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumani Navroʻz mahallasi hududi dala qismida – dala ekin-maydonidan oʻtgan “Xovos-Fargʻona” yoʻnalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir boʻlgan.

Ushbu xabar Sirdaryo viloyati hududiy gaz taʼminoti filiali navbatchilik qismi tomonidan tasdiqlagan.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati, ushbu hodisaga izoh berdi.

Unda shunday deyiladi. “2019-yil 25-avgust kuni soat 9:45 da Sirdaryo viloyati Xovos tumani Navroʻz mahallasi yaqinidagi ekin maydoni hududidan oʻtgan “Xovos-Fargʻona” magistral gaz tarmogʻining 2-nitkasi 13,4 kilometridagi diametri 1 ming 20 millimetr boʻlgan quvurda portlash sodir boʻldi.

Tarmoqqa xizmat koʻrsatuvchi Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasining Yangiyer kompressor stansiyasi xodimlari tomonidan soat 10:10 da quvurdan gaz chiqishi butunlay toʻxtatildi. Shu vaqtning oʻzida, Yangiyer kompressor stansiyasi xodimlari tomonidan avariya holati bartaraf etishga kirishildi.

Hududda yongʻin hamda insonlar va hayvonlarning jarohat olishi bilan bogʻliq talafot boʻlmadi“

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa bilan bogʻliq fotosuratlar tarqaldi. Hodisa sababi tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda.

OʻzA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер