Sirdaryolik bedarak yoʻqolgan 16 yoshli qiz qidirilmoqda
Oʻzbekistonda bedarak yoʻqolgan 16 yoshli Xamroqulova Fotima Ali qizi qidirilmoqda, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bogʻishamol mahallasi 58-uy,3-xonadonda yashovchi, 04.12.2003-yilda tugʻilgan Xamroqulova Fotima Ali qizi bedarak yoʻqolgan.
Xamroqulova 2020-yil 17-mart kuni soat 19.20 da yashash uyidan chiqib, bedarak yoʻqolgan.
Xamroqulova Fotimaning alohida belgilari:
04.12.2003-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, 8-sonli umumtaʼlim maktabi 10 A-sinf oʻquvchisi, muqaddam sudlanmagan.
Belgilari: boʻyi taxminan 155 x 160 sm., gavdasi toʻladan kelgan, yuzi yumaloq, sochi va qoshi qalin qora rangda, qoʻzi qora rangda, qulogʻi va burni oʻrtacha kattalikda.
Kiyimlari: egnida jigar rang koʻylak, koʻylak ustidan oq rangli sport kiyimi, qora rangli gamaj, oyogʻida kul rangli sport poyabzali boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring